воскресенье, 10 января 2010 г.



SEVGI...... Men bu tuyg'u bo'lmagan deb ayta olmayman, lekin shuni aniq aytishim mumkinki hozir bu tuyg'u mavjud emas! Bu bilan u umuman yo'q demayman bor ammo juda kam, bo'lgan taqdirda ham haqiqiy emas.... Masalan tariximizni oladigan bo'lsak, Romeo va Julyettani tanimaydigan, Farhod va Shiringa ixlos qo'ymagan, Layli va Majnunga o'xshashni hohlamagan yoshlar kamdan kam topilsa kerak, lekin o'shanaqa sevishganlarni bugun uchratamizmi? Yo'q! Aslo! Mayli balki menga ishonmassizlar, ammo ko'chaga chiqsalaring e'tibor bilan qarasalaring juft-juft bo'lib yurgan yoshlar ko'p, lekin birortasini qo'lida gul yo'q, bu sevgining g'ariblashganidanmi?! Mayli bunga ham ko'z yumamiz. Masalan ko'chada 1yigit va qizni (sevishganlarni) ko'rdiz, ularga havasiz keldi. 1 haftadan keyin esa o'sha juftlikning tarkibi o'zgarganiga guvoh bo'lasiz, men aynan qizni yoki yigitni ayblamoqchi emasman hozir hammasi bir xil, ya'ni hiyonatkor qiz ham yigit ham bo'lishi mumkin. Bu albatta mening fikrlarim, balki men xato aytayotgandirman yana bilmadim.....

понедельник, 4 января 2010 г.

Do'stlik


Do'stlik... Bu shunday tuyg'uki uni til bilan izohlab, ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Uni qadriga yetish, asrash va avaylash kerak. Hamma sevgini ulug'laydi, u haqida she'rlar bitadi, lekin shuni unutmaslik kerakki har qanday tuyg'u avvalo do'stlikdan boshlanadi, shunaqa emasmi?! Agar shaxsan meni oladigan bo'lsak men do'stlikni qadriga yetadigan insonlarni hurmat qilaman. Lekin oramizda shunday insonlar borki do'stlikka yuzaki qaraydi, uni qadrlab hurmat qilganlarni past, ko'ngli bo'sh deb biladi. Do'stlik bu biror bir foyda olish maqsadida tutingan aloqa emas, u beg'ubor, sof, hech qanday shartsiz majburiyatsiz bog'langan ishonchning oltin zanjiridir.... Siz nima deb o'ylaysiz aziz do'stim? fikrlaringizni kutib qolaman.........