
Do'stlik... Bu shunday tuyg'uki uni til bilan izohlab, ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Uni qadriga yetish, asrash va avaylash kerak. Hamma sevgini ulug'laydi, u haqida she'rlar bitadi, lekin shuni unutmaslik kerakki har qanday tuyg'u avvalo do'stlikdan boshlanadi, shunaqa emasmi?! Agar shaxsan meni oladigan bo'lsak men do'stlikni qadriga yetadigan insonlarni hurmat qilaman. Lekin oramizda shunday insonlar borki do'stlikka yuzaki qaraydi, uni qadrlab hurmat qilganlarni past, ko'ngli bo'sh deb biladi. Do'stlik bu biror bir foyda olish maqsadida tutingan aloqa emas, u beg'ubor, sof, hech qanday shartsiz majburiyatsiz bog'langan ishonchning oltin zanjiridir.... Siz nima deb o'ylaysiz aziz do'stim? fikrlaringizni kutib qolaman.........
Комментариев нет:
Отправить комментарий